Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»
Toshsoqa qoʻrgʻoni yonida Amudaryo ustiga qurilgan qoʻshaloq koʻprik

Navoiy-Uchquduq-Sultonuiztogʻ-Nukus temir yoʻl liniyasi tarkibida Toshsoqa qoʻrgʻoni yaqinida Amudaryo ustida temir yoʻl va avtomobil yoʻliga ega qoʻshaloq koʻprik qurilishi koʻzda tutilgan edi. Loyiha 2002 yilda amalga oshirildi. Amudaryo ustiga qurilgan koʻprikning asosiy vazifasi Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumaniga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash, ular bilan Oʻzbekistonning qolgan hududlari oʻrtasidagi bevosita transport-iqtisodiy va madaniy aloqalarni ta’minlashdan iboratdir. Koʻprik chizmasi 10x66 m, uzunligi 681,1 m, temir yoʻl uchastkasi uzunligi 14,7 km, avtomobilyoʻli uchastkasi uzunligi esa 11,8 km.