Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»
Toshkent shahridagi koʻprik yoʻllari.

Kichik xalqa yoʻlining birinchi navbati – kengligi 32 metr boʻlgan magistral yoʻldir. Qisqa vaqt ichida 7,5 km uzunlikdagi yoʻl qurildi va 3 ta koʻprik bunyod etildi. Buyuk Ipak yoʻli, Parkent va Pushkin koʻchalaridagi bu inshootlar Kichik xalqa yoʻlining muhim tarkibiy qismiga aylandi.
Kichik xalqa yoʻli qurilishining ikkinchi navbati Mustaqillik (Buyuk Ipak yoʻli) shoh koʻchasi orqali avtomobil koʻprik yoʻli, Taraqqiyot (Musaxonov) koʻchasi orqali avtomobil koʻprik yoʻli kabi inshootlarni oʻz ichiga oladi.
U.Nosir shoh koʻchasi (Janubiy vokzal) orqali avtomobil koʻprik yoʻli Kichik xalqa yoʻli qurilishining uchinchi navbatiga kiradi.
2014-2015 yillarda Abdulla Qodiriy koʻchasida Shayxontohur koʻchasi orqali toʻrt qator avtotransport harakatli avtomobil koʻprik yoʻli, Gʻafur Gʻulom koʻchasida A.Qodiriy koʻchasi orqali olti qator avtotranspor harakatlanadigan avtombil koʻprik yoʻli foydalanishga topshirildi.
Koʻprik yoʻllarining poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati beqiyos. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Bosh rejasiga Toshkent shahrida kelgusida avtotransportning oshishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirishlar kiritildi.