loyiha-izlanish ishlari bir meyorda bajarilishini ta’minlash uchun institut boʻlinmalariga uzluksiz transport xizmati koʻrsatish;
institutning xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq yuklash va yuk tushirish ishlarini bajarish;
avtomobil transporti va burgʻilash texnikasini ta’mirlash;
mashina va uskunlarni texnik soz holatda tutish, ularga profilaktika va texnik xizmat koʻrsatish, ta’mirlash;
ilgʻor texnologiya va texnikani foydalanishga joriy etish;
ish unumdorligini oshirish va moddiy-texnika zahiralari va yonililgʻi-moylash materiallari sarfini kamaytirish;
transport vositalaridan foydalanish va ularni ta’mirlash sifati boʻyicha ichki nazorat oʻrnatish, amaldagi meyorlar, qoidalar, standartlar va Sifat menejmenti tizimi talablariga rioya etish;
buyurtmachilarga, pudratchilarga va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati sohasi boʻyicha shartnoma asosida xizmat koʻrsatish.