avtomatlashtirish vositalarining dasturiy va texnik jihatdan barqaror ishlashini ta’minlash;
loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi sohasiga yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etish tadbirlarini amalga oshirish;
XK parkiga, tarmoq uskunalariga, orgtexnikaga va telekommunikatsiya vositalariga xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish, orgtexnika va dasturiy ta’minotning yetkazib berilishini ta’minlash;
institut tomonidan chiqarilayotgan loyiha-smeta hujjatlarining elektron katalogini yaratish va toʻldirib borish;
loyihalash uchun moʻljallangan meyoriy hujjatlarning elektron koʻrinishlari bazasini yaratish;
xodimlar oʻrtasida zamonaviy dasturiy vositalar, loyihalash texnologiyalari va tadqiqotlar boʻyicha texnik oʻquv oʻtkazish;
ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlaridan nusxa olish, ularni koʻpaytirish, skanerlash, rasmiylashtirish, jamlash va buyurtmachilarga hamda texnikaga oid arxivga yuborish;
buyurtmachilarga, pudratchilarga va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati sohasi boʻyicha shartnoma asosida xizmatlarini koʻrsatish.