institut boʻlimlari tomonidan loyihalashtirilayotgan transport, sanoat, fuqarolik va boshqa maqsadlarga moʻljallangan ob’ektlar qurilishi uchun yoki boshqa tashkilotlarning buyurtmasiga koʻra muhandislik-gidrometeorologiya izlanishlarini oʻtkazish;
yangi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalari va bogʻlamlari qurilish uchun, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun, yangi avtomobil yoʻllarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish uchun barcha bosqichlarda loyiha oldi va loyihalash ishlarini mualliflik boʻlimi sifatida oʻz kuchlari doirasida loyihalarning quyidagi boblarini bajarish: reja va yon koʻrinish, yer qatlami, stansiyalar oraligʻii va stansiyalardagi temir yoʻlning ustki qurilishi, yoʻl qoplamasi, kesishuv yoʻllari, yoʻl moslamalari, suv haydash inshootlari, harakatni tashkil etish iqtisodiyoti va tashkil etilishi, yer ajratish, qurilishni tashkil qilish, smetalar va investitsiyalarning samaradorligi;
boshqa ishlab chiqarish boʻlimlari tomonidan loyihalashtirilayotgan ob’ektlar boʻyicha murakkab yer va suv haydash inshootlarini loyihalash;
loyihalashtirilgan ob’ektlar qurilishi ustidan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mualliflik nazoratini olib borish;
buyurtmachilarga, pudratchilarga va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati sohasi boʻyicha shartnoma asosida injiniring xizmatlarini koʻrsatish.