kichik, oʻrta va katta koʻpriklarning, viaduklarning, estakadalarning, yoʻl oʻtkazgichlarning, suvoʻtkazuvchi quvurlarini temir yoʻl va avtomobil yoʻllardagi tayanch devorlarni loyihalash;
yoʻl-koʻcha tarmoqlaridagi transport tarqatmalarini loyihalashtirish;
piyodalar uchun koʻpriklar va yer osti oʻtish yoʻllarini (tonnellarni) loyihalash;
koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar uchun boʻsagʻalarni, suv haydash qurilmalarida qirgʻoqni mustahkamlash va izga solish inshootlarini loyihalash;
muhandislik kommunikatsiyalarining yers utki toʻshamalari uchun estakadalarni loyihalash;
temir yoʻl va avtomobil yoʻllaridagi sun’iy inshootlarni rekonstruksiya qilishni loyihalash;
mualliflik ob’ektlari boʻyicha qurilishlarni tashkillashtirish loyihalarini (QTL) ishlab chiqish, buyurtmachi yoki pudratchi topshirigʻi asosida maxsus yordamchi inshootlar va qurilmalarni (MSI va Q) loyihalash hamda ishlarni bajarish loyihalarini (IBL) ishlab chiqish;
loyihalashtirishning bosqichiga bogʻliq ravishda smeta hujjatlari, spetsifikatsiyalar, va boshqa hujjatlarni meyoriy talablarga muvofiq tuzish;
boʻlimning mualliflik ob’ektlari boʻyicha ishga tushiriladigan komplekslarning yigʻma smeta hujjatlarini va qaydnomalarini tuzish;
sun’iy inshootlarga oid oʻlchov ishlarini olib borish va ular boʻyicha batafsil tadqiqot olib borish zarurati toʻgʻrisida guvohnoma berish;
loyihalashtirilgan ob’ektlar qurilishi ustidan shartnoma asosida mualliflik nazoratini olib borish;
buyurtmachilarga, pudratchilarga va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati sohasi boʻyicha shartnoma asosida injiniring xizmatlarini koʻrsatish.