Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»
Toshguzar - Boysun - Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi
.jpg)
«Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon» yangi temir yoʻl liniyasi loyihasining asosiy maqsadi mamlakat transport kommunikatsiyalarining rivojlanishi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslar konlarini oʻzlashtirishni tezlashtirish, shuningdek, respublikamiz janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hisoblanadi.
223 kilometr uzunlikdagi temir yoʻl 37 ta koʻprik, galereyani birlashtiradi, Hisor togʻ tizmasini dengiz sathidan 1800 metr balandlikda kesib oʻtadi hamda nafaqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini birlashtiradi, balki ushbu vohani mamlakat poytaxti va boshqa hududlari bilan ham tutashtiradi. «Toshguzar-Boysun-Qumqoʻron» temir yoʻl liniyasi Oʻzbekiston Respublikasi janubida temir yoʻllarning yagona tarmogʻini yaratish imkonini berdi.