transport bo'yicha boshloyihalash-tadqiqot insituti

Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»

(998-71) 255-82-98

Toshkent, 100060, Nukus 23

boshtrans@gmail.com

Institut haqida


Tarixi

«BOSHTRANSLOYIHA» Aksiyadorlik Jamiyati transport boʻyicha bosh loyiha-izlanish instituti boʻlib hisoblanadi.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida trasport qurilishi ob’ektlarini loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash maqsadida 1953 yilda «Toshgiprotrans» instituti tashkil topgan edi.

Tarixi

1995 yilning 02 yanvarida «Toshgiprotrans» loyiha-izlanish instituti «Giprotrans» Transport boʻyicha loyiha-izlanish jamoa korxonasiga aylantirildi.

2003 yilning 02 yanvaridan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi (MChJ) Transport boʻyicha Bosh loyiha-izlanish instituti «BOSHTRANSLOYIHA» qayta tashkil etilib, Transport boʻyicha Bosh loyiha-izlanish instituti – «BOSHTRANSLOYIHA» ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) barpo etildi.

2014 yilning 17 sentyabridan Transport boʻyicha Bosh loyiha-izlanish instituti – «BOSHTRANSLOYIHA» ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) Transport boʻyicha Bosh loyiha-izlanish instituti – «BOSHTRANSLOYIHA» aksiyadorlik jamiyati (AJ) etib qayta tashkil etildi.

Institut keng sohalar boʻyicha: yangi temir yoʻllari, mavjud temir yoʻl liniyalarini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish, ikkinchi yoʻllar va qoʻsh yoʻllik ulanmalar, temir yoʻl stansiyalari bogʻlamlarini rivojlantirish va qayta qurish, avtomatik blokirovka qilish va markaziy dispetcherlik, magistral aloqa liniyalari va temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish boʻyicha loyiha-izlanish ishlarini amalga oshiradi. Institut faoliyati sohasiga shuningdek, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgich tarmoqlarini, lokomotiv, vagon ob’ektlarini va boshqa temiir yoʻl xoʻjaliklarini ob’ektlarini, omborxona va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan rels oldi bazalarini, yuk hovlilari va terminallarini, chegaraoldi stansiyalar, vokzallar, turar-joy qoʻrgʻonlarini va loyihalashtirilayotgan ob’ektlarning barcha infratuzilmalarini loyihalashtirish ham kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2000 yildagi 165-son qarori bilan «BOSHTRANSLOYIHA» loyiha-izlanish instituti temir yoʻllarni va tegishli infratuzilmani loyihalashtirish boʻyicha bosh institut etib belgilangan.