transport bo'yicha boshloyihalash-tadqiqot insituti

Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»

(998-71) 255-82-98

Toshkent, 100060, Nukus 23

boshtrans@gmail.com

Institutning asosiy ob'ektlari


Yuqori tezlikda temir yo'l Toshkent-Samarqand liniyasi

Toshkent – Samarqand temir yoʻl liniyasi uchastkasida yuqori tezlikdagi yoʻlovchi poyezdlar harakatini tashkil etish.

Yuqori tezlikda temir yo'l Toshkent-Samarqand liniyasi

344 kilometr uzunlikka ega boʻlgan yuqori tezlikdagi temir yoʻli Oʻzbekistonning ikkita yirik shaharlari Toshkent va Samarqandni bogʻlaydi. Yoʻl 4 ta viloyat: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari orqali oʻtadi.

Liniyada haftasiga yetti marta qatnaydigan «Afrosiyob» yuqori tezlikdagi poyezdi xizmat koʻrsatadi. Bu uchastkada Oʻzbekistonda ilk bor kanallar ustida uzunligi 110 m keladigan qanotlarni qoʻllagan holda, 4 ta yangi metall koʻprik qurildi, ularning umumiy uzunligi 400 m tashkil etadi. Koʻpriklar konstruksiyasi 200 km/soat tezlikda yuradigan poyezdlarni oʻtkazish imkonini beradi.

Infratuzilmada sozlash - ishga tushirish ishlari yakunlandi, ular koʻrsatilgan uchastkada poyezdlarning 250 km/soat gacha tezlikda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydigan elektrlashtirish, signalizatsiya va telekommunikatsiyalar tizimlarini modernizatsiya qilishni oʻz ichiga oladi.

Toshkent-Samarqand uchastkasida 409 ta mavjud suniy inshootlarning, shu jumladan, 154 ta koʻprikning holati tekshirildi. Stansiyalar, qoʻriqlanadigan pereezdlar qayta ta’mirlandi, yangi pereezdlar qurildi. Uchastkada qurilish boshlanishi bilan loyihaga muvofiq 56,5 km ikkinchi yoʻllar va 60,2 km yangi temir yoʻl uchastkalari, 189 ta suniy inshootlar, shu jumladan, 148 ta suv oʻtkazgich quvurlari, 40 ta dyuker, 142 m uzunlikdagi 1 ta tunnel turidagi temir yoʻl koʻprik yoʻli bunyod etildi. 65 ta har xil turdagi muhandislik kommunikatsiyalari kesishmalarini qayta qurish ishlari bajarildi, 43 ta elektr tarmogʻi liniyalari, 10 ta oʻrta va yuqori bosimli gaz quvurlari, 6 ta suv quvurlari va 6 ta aloqa liniyasi shular jumlasidandir.

Toshkent-Samarqand temir yoʻl liniyasining ikki tomonida, yuqori tezlikdagi poyezdlar butun yoʻnalish boʻylab harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida, umumiy uzunligi 684 km ga teng boʻlgan temir-beton va metall konstruksiyali toʻsiqlarni oʻrnatish ishlari yakunlandi. Yuqori tezlikdagi poyezdning qabul qilinishi va joʻnatilishini ta’minlash uchun Toshkent-yoʻlovchi va Samarqand stansiyalarida yoʻlovchilar platformalari qayta ta’mirlandi.

Loyihalar

Barcha loyihalar