transport bo'yicha boshloyihalash-tadqiqot insituti

Aksiyadorlik jamiyati «BOSHTRANSLOYIHA»

(998-71) 255-82-98

Toshkent, 100060, Nukus 23

boshtrans@gmail.com

Institut haqida ma'lumot

Institut haqida

«BOSHTRANSLOYIHA» Aksiyadorlik Jamiyati transport boʻyicha bosh loyiha-izlanish instituti boʻlib hisoblanadi.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida trasport qurilishi ob’ektlarini loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash maqsadida 1953 yilda «Toshgiprotrans» instituti tashkil topgan edi.

«BOSHTRANSLOYIHA» instituti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan binolar; inshootlar va muhandislik-texnik tadqiqotlar o'tkazish va turar joy-fuqarolik hamda ishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan boshqa ob'ektlarni qurish uchun loyihalash-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun berilgan bosh litsenziyaga ega.

Bundan tashqari:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus turdagi loyihalash-tadqiqot ishlarini (ko'priklar va tunnnellar) amalga oshirish uchun;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan topografik va geodeziya faoliyati bilan shug'ullanish uchun;

O'zbekiston Respublikasi IIV yong'in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan yong'in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash uchun berilgan litsenziyalarga ega.

AK «BOSHTRANSLOYIHA» instituti:

Temir yo'llar va avtomobil yo'llari ob'ektlari, qurilish industriyasi ob'ektlarini qurish, kengaytirish. texnik qayta qurollantirish, rekonstruktsiyalash va kapital ta'mirlashni kompleks loyihalashtirishni amalga oshiradi, rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqadi.

Kompleks tadqiqotlarni: texnik-iqtisodiy, muhandislik-gidrogeologik taqdiqotlarni. loyihalanadigan barcha ob'ektlar bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslar va hisob-kitoblarni ishlab chiqishni amalga oshiradi.

Institut quyidagilarni qurish hujjatlarni ishlab chiqadi:

  • temir yo'l liniyalari va ikkinchi yo'llar;
  • kirish temir yo'llari;
  • temir yo'l stantsiyalari va uzellari;
  • avtomobil yo'Ilari;
  • transport chorrahalari;
  • temir yo'llar va avtomobil yo'llarida xizmat ko'rsatish-texnik binolar hamda inshootlari;
  • turar-joy-fuqarolik ob'ektlari;
  • ko'priklar va yol'o'tkazgichlar, akveduklar va seleduklar;
  • yo'lovchi tunnellari va ko'priklari;
  • suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta'minoti ob'ektlari;
  • temir yol' transporti uchun avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalari.

Institut haqida taqdimotni yuklab olish

Loyihalar

Barcha loyihalar

Foydali manbalar



Valyutalar kursi


Курсы валют

Ob-havo



Опрос


Нравится ли Вам наш новый сайт?

Total votes: 160

Ish tartibi


Dushanba - Juma kunlari
8-30 dan 17-30 gacha
Kechki ovqat
12-30 dan 13-30 gacha


Tashrif statistikasi